O‘quvchilar uchun quvonchli tuhfa

Date:

Yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida har bir hududda yangi maktablar, qo‘shimcha o‘quv binolari, zamonaviy dars xonalari barpo etilmoqda. Bu esa yosh avlodning keng dunyoqarashli, bilimli va ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sariosiyo tumani, “Boysunobod” mahallasidagi 6-sonli umumta’lim maktabida ham ana shunday ezgu ishlarning amaliy samarasini ko‘rish mumkin. Bu yerda qo‘shimcha 480 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur loyiha uchun 2 milliard 190 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Yangi bino ochilishi o‘quvchilar hayotida haqiqiy bayram bo‘ldi. Endilikda ular yorug‘, keng va zamonaviy sinfxonalarda ta’lim olish, turli to‘garaklarga qatnash, bilimini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

O‘quvchilarning ko‘zidagi quvonch, yuzlaridagi samimiy tabassum ularning kayfiyatidan yaqqol sezilib turardi. “Endi darslarimiz yanada maroqli va qiziqarli bo‘ladi”, — deya hayajonini yashirmaydi maktab o‘quvchilari. Yangi bilim maskani nafaqat ta’lim sifati, balki kelajak avlodning orzu-intilishlari uchun ham mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Zero, zamonaviy maktab — kelajak sari dadil qadam, yoshlarda yuksak bilim va tafakkurni shakllantirishning eng muhim omilidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun