Talabalar diktant yozdi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbus amalga oshirildi. 1-kurs talabalari ona tilida savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida diktant yozishdi. Diktant jarayonida talabalar yozma nutqda imlo va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, tahliliy fikrlash, matnni to‘g‘ri idrok etish va uni savodli ifodalash bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. Tadbir ularning nafaqat savodxonlik darajasini, balki umumiy bilimiy salohiyatini ham namoyon etdi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — talabalarni yangi o‘quv muhitiga tezroq moslashtirish, ularning yozma nutqdagi kamchiliklarini aniqlash hamda kelgusida individual yondashuv asosida ta’lim samaradorligini oshirishdir. Baholash natijalari o‘quv rejalari va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni tashkil etishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, diktant yozish jarayonida talabalar o‘zlarining ona tiliga bo‘lgan mehrini, savodli yozishga intilishini va bilimga tashnaligini yana bir bor ko‘rsatdilar. Shubhasiz, bunday tashabbuslar yoshlarni ancha mas’uliyatli, izlanuvchan va mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar etib shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun