“Andishali kelinchak” katta taassurot qoldirdi

Date:

San’at insonni tarbiyalaydi, u yoki bu borada kerakli xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Shu bilan birga ma’naviy-estetik ruh, katta taassurotlar olishga xizmat qiladi. Teatr san’ati ham xuddi shunday. Angor tumani hokimligi, tuman prokuraturasi va Ichki ishlar bo‘limi tashabbusi bilan Madaniyat uyida Erkin Hushvaqtovning “Andishali kelinchak” nomli ijtimoiy-ma’rifiy spektakli namoyish etildi.

Spektakl orqali kelinning oila va jamiyatdagi o‘rni, o‘z fikri va sha’nini saqlash, an’analarga hurmat bilan yondashish kabi dolzarb masalalar hayotiy voqealar orqali sahnaga olib chiqildi. Aktyorlarning mahoratli ijrosi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda ishtirok etgan fuqarolar bunday ma’naviy targ‘ibot tadbirlari inson ongi va qalbiga ta’sir qiluvchi muhim vosita ekanini qayd etdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...

Maktabgacha ta’lim sifati kompleks o‘rganiladi

Ta'lim tizimidagi natijadorlikni oshirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va...

Bronza sari tashlangan qadam

Surxondaryolik Oygul Qudratova "Besh tashabbus paralimpiadasi"ning respublika bosqichida parabadminton...
KunTun
KunTun