Ilg‘or texnologiyalar asosida

Date:

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tekshirish institutining Termiz tumanida joylashgan Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Markaz direktori Muzaffar Aramov tomonidan stansiyada olib borilayotgan ishlar — urug‘chilik, seleksiya va yangi ilmiy izlanishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, Angor tumanida “Ravno grow” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan intensiv bog‘da xorijdan keltirilgan hosildor mevali ko‘chatlar parvarishlanishi va ularni mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bog‘ hududida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va zamonaviy logistika markazi tashkil etish, meva-sabzavot urug‘larini ilg‘or texnologiyalar asosida yetishtirish kabi qator loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KITOB — ENG BUYUK MOʻJIZADIR

     Bugungi axborot texnologiyalari asrida smartfon va internet hayotimizni...

G‘olib sayohatga chiqadi

Hukumat qarori bilan ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan...

Steviyadan daromad

Sho‘rchi tumanining "Baxshtepa" mahallasida yashovchi Hikmatilla Allayorov tomorqasidan samarali...

Yangi uylar muddatida topshiriladi

Sariosiyo tumanida aholini zamonaviy va qulay uy-joylar bilan ta’minlashga...
KunTun
KunTun