Xavfsizlik va barqarorlik kafolati

Date:

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi asosiy g‘oyalar aks ettirilgan.Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston—2030” strategiyasining 1-ilovasi 4.2-bo‘limida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar deb nomlangan bo‘lib, unda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish. Buni amalga oshirish uchun:
— aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarini (tugmali) svetoforlar bilan to‘liq jihozlash;
— ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini
30 foizdan 20 foizga tushirish;
— sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim prosessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish belgilangan.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish. Buni amalga oshirish uchun:
— ma’muriy sudlarga bevosita murojaat qilishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni to‘liq bartaraf etish;
— sudga qadar bosqichda nizolarni hal qilish samaradorligini 50 foizga oshirish;
— sudga qadar hal etilishi mumkin bo‘lgan nizolar yuzasidan sudlarga kelib tushadigan ishlar sonini 50 foizga kamaytirish;
— ma’muriy tartib-taomillar prinsiplarini yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va ishoralarga to‘liq tatbiq etish belgilangan.
Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish uchun:
— ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish natijalari ustidan sudlarga yuborilayotgan shikoyatlarning 50 foizini elektron shaklda kelib tushishiga erishish;
— tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ko‘rilayotgan jinoyat ishlarining 100 foizida himoyachi yoki jamoat himoyachisi ishtirokini ta’minlashga erishish;
— sud tizimini boshqarishga sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini to‘laqonli joriy etish hamda sudyalar hamjamiyati organlari tizimini to‘liq shakl-lantirish.
— jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 0,64 ballni to‘plashga erishish;
— boshqaruv sifati indikator-larining Huquq ustuvorligi yo‘nalishi bo‘yicha 61,5 ballni to‘plashga erishish belgilangan.
Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish. Buni amalga oshirish uchun:
— “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida
50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish;
— davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini 2 barobarga kamaytirishga erishish;
— davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda mablag‘larni talon-toroj qilish holatlari, tovar va xizmatlarning narxi bozor qiymatidan oshib ketishining oldini olish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish;
— 100 foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini ta’minlash belgilangan.
“O‘zbekiston—2030” strategiyasida belgilangan yuqoridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarilishi, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishi, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashi, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlik kafolati ta’minlanadi.

Baxtiyor MURTAZAYEV,
Termiz shahridagi “Surxon Adolat Himoyasi” advokatlik
byurosi stajyori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

San’at – inson ruhiyatining ilhomi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Tasviriy va amaliy san’at”...

Bitiruvchilar bandligiga yangi turtki

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va yoshlar...

Ishlar ketmoqda jadal

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida kuzgi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish...

Inson huquqlari – davlat e’tiborida

Termiz shahri 1-son umumta’lim maktabida “Insonning huquq va erkinliklarini...
KunTun
KunTun