Ishda sharoit, huquq va imtiyozlarimizning kafolati, albatta, har bir xodimning ish koeffitsiyentini oshiradi. Huquqi poymol bo‘lgan joyda hech bir xodim yaxshi natija ko‘rsatishi amri mahol. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tag zamirida esa inson manfaatlini ta’minlash, hayotini farovonlashtirish, bugunidan rozi, ertasiga esa umidi va ishonchi yuqori bo‘lishiga erishish maqsad qilingan. Bunda kasaba uyushmalari faoliyatining ham hissasi borligini unutmaslik lozim. Kasaba uyushmasi fuqarolar, ishchi-xodimlar huquqlarini davlatda o‘rnatilgan qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlari, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ustavi va boshqa huquqiy hujjatlar asosida tiklaydi, himoya qiladi.
Kasaba uyushmalarining birlashmasi — xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilishda harakatlarning muvofiqlashtirilishiga va birligiga erishish maqsadida tarmoqqa doir, hududiy yoki kasbiy o‘ziga xoslikni hisobga oluvchi boshqa belgi bo‘yicha tuziladigan ixtiyoriy birlashmadir. Ayni birlashma o‘tgan yilar davomida e’tiborga molik ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashining IX Konferensiyasi esa o‘tgan besh yil davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish imkonini berdi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh kengashining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilda hisobot-saylov kampaniyasiga start berilgach, joriy yilning fevral-aprel oylarida 2 870 ta boshlang‘ich tashkilotning hisobot-saylov yig‘ilishlari may-iyun oylarida shahar, tuman bo‘linmalarining hisobot-saylov konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. 43 ta tuman, shahar, tashkilotlarning asosiy ishdan ozod etilgan qo‘mita raislaridan 28 tasi, 7 ta hududiy tarmoq kasaba uyushmalari konferensiyalarida rahbarlarning 5 tasi “muqobillik” asosida, “yopiq” ovoz berish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Konferensiya kun tartibiga asosan, dastlab, ishchi organlar saylab olinib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi va Kengash taftish komissiyasining 2020-2025-yillardagi faoliyati to‘g‘risida hisoboti tinglanadi. Shundan so‘ng, saylovlarga o‘tilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashi raisi, rais o‘rinbosari, Kengash va taftish komissiyasi a’zolari, taftish komissiyasi raisi saylandi. Shuningdek, delegatlar tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyiga delegatlar va Bosh kengashi tarkibiga vakil saylandi.
Aytish joizki, Federatsiyaning viloyat Kengashi 7 ta tarmoq kasaba uyushmasi, 2 870 ta boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatlarini muvofiqlashtirib, jami
444 591 nafar kasaba uyushma a’zolarini birlashtiradi. 2020-yilda tuzilgan 7 435 ta jamoa shartnomasi orqali
300 519 nafar ishlovchilar manfaatlari qamrab olingan bo‘lsa, 2025-yilda ushbu ko‘rsatkich 30 foizga o‘sgan. Jami 9 815 ta jamoa shartnomalari orqali ijtimoiy sheriklik bilan qamrab olingan mehnatkashlarning soni esa 444 591 nafarga yetishiga erishilgan. Jamoa shartnomasi bandlarini bajarish uchun viloyat bo‘yicha o‘rta hisobda har bir xodimga sarflangan mablag‘ miqdori 2020-yilda 2 468,7 ming so‘m, 2025-yilga kelib esa
7 001,8 ming so‘mni tashkil qilgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng yaxshi jamoa shartnomasi” xalqaro ko‘rik-tanlovida “Termiz daryo porti” MCHJ kasaba uyushmasi qo‘mitasi (raisi Elmira Kalimulina) g‘olib deb topilgan.
Ish beruvchilarga huquqiy inspeksi-yalarga, prokuratura va sud organlariga ish haqini undirish bo‘yicha keyingi besh yilda 35 ta dalolatnoma kiritilib, 9034,2 million so‘m to‘lanmagan ish haqi undirilgan. Mehnat muhofazasi bo‘yicha har bir xodimga ajratilgan mablag‘ 2020-yilda 7 812,0 ming so‘mdan, 2024-yilda 9 552,0 ming so‘mga ko‘paygan. Baxtsiz hodisalar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan va olamdan o‘tganlar oilalarining 104 tasiga kasaba uyushmalarining yordami bilan ish beruvchilar hamda sug‘urta tashkilotlaridan
986,6 million so‘m tovon pullari undirib berilgan.
Kasaba uyushma mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga 1260,0 million so‘m mablag‘ sarflangan. Bayram tadbirlari munosabati bilan urush qatnashchilari, keksa avlod vakillari, “Ijtimoiy reyestrlar”ga kiritilgan kam ta’minlangan oilalarga, “Muruvvat” va “Saxovat” uylari tarbiyalanuvchilariga, ko‘makka muhtoj oilalarga 1 milliard 800 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.
Oxirgi besh yilda viloyatda o‘tkazilgan sport tadbirlari va musobaqalarga 12 000 dan ortiq xodimlar va ularning oila a’zolari jalb etildi. 2023-2025-yillarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘qituvchilari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tkazilgan sport tadbirlarida 110 mingdan ortiq kasaba uyushma a’zolari ishtirok etgan.
Tizimda “Xotira” turnirlarini tashkil etish an’anaga aylangan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining sobiq raisi Bo‘ri Allamurodov, tibbiyot fanlari doktori Quvondiq Madartov, mehnat faxriysi Musurmonkul Onorov, viloyat kasaba uyushmalari Kengashining sobiq raislari Xumoyiddin Sharofuddinov, Anvar Astanaqulov, Tillo Mengliyev xotiralariga bag‘ishlab shaxmat, tennis, minifutbol, ayollar o‘rtasida voleybol, shaxmat, stol tennisi turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilgan. Ushbu xotira tadbirlarida
1700 nafar kasaba uyushma a’zolari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlari orqali xodimlar hamda ularning oila a’zolaridan 53 813 nafari viloyatdagi diqqatga sazovor qadamjo-larga, 8 149 nafari esa respublikamizning tarixiy shaharilarga sayohatlari tashkil etildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 14 600 ga yaqin tadbirlar o‘tkazildi.
Oxirgi besh yil mobaynida viloyatdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilib kelayotgan xodimlar uchun 8 934 marotaba “Ma’naviyat soatlari” tashkil etilib, ularda 359 867 nafar kasaba uyushma a’zolari ishtirok etishi ta’minlangan.
Kasaba uyushmalari harakatini 120 yilligiga bag‘ishlab, bugungi kungacha 1 370 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilgan va ularda 61 380 nafardan ortiq turli kasb egalari ishtirok etgan. Shonli sanaga bag‘ishlanib, Kengash raisi A.Axmedov tomonidan kasaba uyushmalari tarixini o‘z ichiga olgan “Kasaba uyushmalari va mening hayotim” nomli kitob tayyorlashga muvaffaq bo‘lingan.
2021-2024-yillarda “Ayollar daftari”ning
5 ta bosqichida viloyatda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir hamda yordamga muhtoj jami 234 228 nafar xotin-qiz kiritilib, ularga 340,9 milliard so‘mlik amaliy yordamlar ko‘rsatilganligi, joriy yilda ham daftarning 6-bosqichida vohaning
70 979 nafar xotin-qizlari kiritilib, ularga manzilli yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Hisobot davrida 2 689 ta murojaat kelib tushgan, ularning
981 tasi qanoatlan-tirilgan, 376 tasi rad qilingan, 1 116 ta murojaatga huquqiy maslahatlar berilgan, 148 tasi tegishliligicha boshqa organlarga yuborilgan, 46 ta murojaat takroriy bo‘lganligi sababli ko‘rilmagan.Keyingi
5 yilda vohamizning 16477 nafar kasaba uyushma a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari sanatoriylarda imtiyozli yo‘llanmalar orqali dam oldirilgan va ushbu tadbirga 54,6 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.
O‘tgan yillar yoz mavsumlari davomida jami 92 384 nafar bola
9 ta statsionar oromgoh va maktablar qoshidagi sog‘lomlashtirish maydonchalarida dam oldirilib, ularning 3 711 nafari kam ta’minlangan oilalar farzandlari sifatida bepul sog‘lomlashtirilgan.
Hisobot davrida viloyat Kengashi tomonidan xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida Tojikiston mustaqil kasaba uyushmalari Xatlon viloyat Kengashi o‘rtasida memorandum-kelishuv imzolanib, hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Keyingi 5 yilda OAVda kasaba uyushmalari faoliyatini yorituvchi 389 ta tahliliy maqola va xabarlar, suhbat va lavhalar chop etilgan, televideniyeda
72 marta, radioda 16 marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar efirga berilib, veb-saytga 1 256 ta kasaba uyushmalari hayotidan xabarlar, yangiliklar, joylashtirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan vaqt davomida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, kasaba uyushmalari faoliyati yuzasidan 10 120 tadan ortiq chiqishlar qilingan.
Sayyora ALLAYEVA