Aprobatsiya ishlari davom etmoqda

Date:

Viloyatimizda ham g‘o‘zaning yangi, yuqori hosildor navlarini aprobatsiya qilish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz, Angor va Muzrabot tumanlarida amalga oshirilayotgan aprobatsiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida yangi navlarning hosildorlik ko‘rsatkichlari, iqlim sharoitiga mosligi, shuningdek, ularni parvarishlash va sug‘orish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi. Mas’ul rahbarlar va fermerlarga issiq iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda g‘o‘za qator oralariga yengil ishlov berish, suv ta’minotini yaxshilash hamda sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida va tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun