IELTS: imtihon faqat kompyuterda topshiriladi

Date:

O‘zbekistonda 11-iyuldan boshlab IELTS imtihonining qog‘oz shaklidagi topshirishlari to‘xtatiladi. IDP test markazining ma’lum qilishicha, 10-iyulga rejalashtirilgan qog‘oz imtihonlari o‘z vaqtida o‘tkaziladi. 11-iyuldan esa faqat kompyuterda (compyuter-based) imtihon topshirish mumkin bo‘ladi.

British Council hozircha bu borada rasmiy e’lon chiqarmagan, biroq uning saytida ham qog‘oz variantiga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati mavjud emas.

Avvalroq ro‘yxatdan o‘tganlar istasa, imtihon shaklini compyuter-basedga almashtirishi yoki to‘lovni to‘liq qaytarib olishi mumkin. Bu o‘zgarishlar, ilgari 7-iyun kungi imtihonda savollar tarqalib ketgani haqidagi xabarlar ortidan qabul qilingan choralar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘shanda nomzodlarning natijalari tekshiruv uchun vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz sovrindor

Nukus shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi...

Kamchiliklar tahlil qilindi

Aholini zamonaviy va qulay turar joylar bilan ta’minlash, hududlar...

Chiroqlar quyoshdan kuch olar

Muzrabot tumanining "Shaffof" mahallasida aholi xavfsizligi va qulayligini oshirishga...

Natija qarovga bogʻliq

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida qishloq xo‘jaligi...
KunTun
KunTun