Sariosiyoda “Karyera kuni”

Date:

Termiz davlat universiteti viloyatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida o‘ziga xos o‘rin egallab, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yetakchi ta’lim muassasalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilari viloyat miqyosida tashkil etilayotgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ishtirok etib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘nal-tirish borasida samarali mehnat qilmoqda.
Xususan, “Dolzarb 90 kunlik” doirasida ham ana shunday muhim tashabbuslar davom etayotir. Viloyat hokimligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi viloyat boshqarmasi hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 1-son politexnikumda “Karera kuni” tadbiri tashkil etildi. Uchrashuvda tuman miqyosidagi turli idoralar vakillari bilan birga universitetning tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari ham qatnashdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan Termiz davlat universitetida yaratilgan ta’lim va tarbiya muhitining afzalliklari, yoshlarni kasb tanlashga to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi muhim jihatlar haqida fikr bildirildi. Yakunda barcha yoshlarga kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyat, izlanishdan to‘xtamaslik va o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishda omadlar tilandi.

B. Turdiboyev,
TerDU Falsafa kafedrasi mudiri,
f.f.b.f.d. (PhD)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun