Hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Date:

Termiz davlat universiteti rektori Malayziyaning Utara universiteti (UUM) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida olib borilayotgan keng ko‘lamli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Utara universitetining o‘quv ishlari va xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Professor Dr. Mohd Azizuddin Mohd Sani hamda xalqaro hamkorlik markazi direktori Professor Arpah Binti Abu Bakar bilan universitet hududida Utara universitetining ta’lim markazini 2026-yildan ishga tushirish borasida olib borilayotgan ishlar, “Kompyuter muhandisligi” yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini akademik mobillik asosida rivojlantirish hamda joriy yilning noyabr oyida bir guruh Utara universiteti talabalarini Termiz davlat universitetiga xalqaro qishki maktabga jo‘natish kabi masalalar bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi.

Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining Utara universiteti ilmiy kutubxona bazasiga kirish imkoniyatini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi. Samimiy suhbat yakunida universitet rektori A.Toshqulov delegatsiya a’zolariga universitet nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi islohotlar...

Jasorat unutilmaydi

Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini...

Muammoli kreditlar nazoratda

Surxondaryo viloyatida muammoli kreditlarni undirish va moliyaviy intizomni mustahkamlashga...

“Boysun bahori”da milliy o‘yinlar jo‘sh urmoqda

Bugun Boysun bahori xalqaro folklor festivalining ikkinchi kuni bo‘lib,...
KunTun
KunTun