“Serjantlar forumi” bo‘lib o‘tdi

Date:

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik rahbarligida “Serjantlar forumi” bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida hamda Surxondaryo viloyatidagi kuch tuzulmalarida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, bosh serjant, bosh serjant yordamchilari va vzvod serjantlari hamda yo‘riqchi-serjantlar ishtirok etdi.

Forum ishida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida joriy etilgan bosh serjant va bosh serjant yordamchilari faoliyati, kichik bo‘lnimalardagi serjantlarning shaxsiy tarkib bilan ishlash, ularni boshqarish samaradorligi, harbiy jamoalarda harbiycha intizom, ahloqiy-ruhiy holatni yaxshilash va harbiy xizmatchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha faoliyatini yanada takomillashtirish, bosh serjant, bosh serjant yordamchilari va vzvod serjantlari hamda yo‘riqchi-serjantlarning xizmat faoliyatini tashkil etishda o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar ko‘tarildi.

Shuningdek, qo‘mondonlik shtab serjantlari o‘z faoliyatlari yuzasidan chiqishlar qilib, faoliyatining muhim jihatlari haqida nutq so‘zladi. Qo‘mondonlik tasarrufidagi bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirib kelayotgan yosh kadrlarning harbiy soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni tez egallashiga ko‘maklashish, kasbiy malakasini oshirish, jangovar-xizmat faoliyatida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish borasida tajribalari bilan bo‘lishdi.

Forum doirasida qo‘shinlarda jangovar tayyorgarlikni rivojlantirish islohotlari, bosh serjant, bosh serjant yordamchilari va vzvod serjantlari hamda yo‘riqchi-serjantlarning bo‘linmalar tayyorgarligidagi o‘rni va roli, psixologik barqarorlikni ta’minlashda jangovar trening va psixologik mashqlarning o‘rni, o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish asoslari, bo‘linmalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni ta’minlash, harbiy xizmatchilarning vatanparvarlik tarbiyasini oshirish kabi mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun