Shijoatli yoshlar finalda

Date:

“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yosh avlod orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy sohaga qiziqishini oshirish va jismoniy tayyorgarlik darajasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Sport vazirligi hamkorligida o‘tkazildi.

Musobaqaning final bosqichiga rasmiy tarzda start berildi. Ishtirokchilar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasidagi “Matonat madhiyasi” monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida qatnashdilar. Shuningdek, ular “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurib, o‘z yurtining mard o‘g‘lonlari va shonli tarixini chuqurroq o‘rganish imkoniga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa bir necha saralash bosqichlarida o‘tkazilib, har bir bosqichda ishtirokchilar o‘zlarining aqliy salohiyati, ruhiy bardoshliligi va jismoniy tayyorgarligini namoyish etishdi. Final bosqichigacha 18-22 yosh oralig‘idagi yoshlardan tashkil topgan 14 jamoa saralab olindi. Yakuniy bosqich bellashuvlari 7 ta shart asosida o‘tkazilib, har bir shart qatnashchilarning intizomi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va murakkab vaziyatda qaror qabul qilish qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaatlar endi mahallaning o‘zida hal etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada samarali...

Jarqo‘rg‘onda baliqchilik rivojlantiriladi

Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurgan xitoylik investorlar bilan baliqchilik sohasini...

Raqamli ta’lim sifati oshirilmoqda

Termiz shahrida o‘tkazilgan “INFOTEACH – 2026” respublika forumi doirasida...

Zamonaviy va xavfsiz…

Termiz shahrida aholi farovonligini oshirish hamda shaharning zamonaviy qiyofasini...
KunTun
KunTun