Master-reja asosida…

Date:

Prezidentimizning Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda infratuzilmasini yanada yaxshilashga oid qarorida Xo‘jamayxona darasida zamonaviy turizm maskanini tashkil etish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish belgilangan. Shu maqsadda, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida o‘tkazgan sayyor qabuldan so‘ng Termiz davlat universitetining “Darband” o‘quv-amaliyot bazasi bilan tanishdi. U yerda universitet rektori tomonidan mavjud imkoniyatlar, ulardan samarali foydalangan holda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.

Shuningdek, Xo‘jamayxona darasi bo‘ylab yurilib, zamonaviy turizm markazini tashkil etishga qaratilgan master-reja loyihalari bilan joyida tanishildi. Mazkur rejani takomillashtirish, unga zip-layn, kapsulali uylar, “hiking”, “hard trekking”, 5 kilometrli velo va piyoda yo‘laklari hamda boshqa zamonaviy turizm infratuzilma elementlarini kiritish vazifalari belgilandi.

Ushbu tashabbuslar Xo‘jamayxona darasida ekoturizmni rivojlantirish, 1-2 kunlik tabiat qo‘ynidagi sayrlar hamda 3 kun va undan ziyod davom etadigan ekstremal sayyohlik turlari uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun