Pedagog ayol imiji

Date:

O‘zbek ayoli – azaldan ma’rifat va tarbiya timsoli, oila va jamiyat barqarorligining poydevori sifatida e’tirof etib kelingan. Shu ma’noda, pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi o‘zbek ayollarining obrazi nafaqat ta’lim muassasasi miqyosida, balki jamiyatning ma’naviy qiyofasida ham muhim o‘rin tutadi.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlarida ayolga katta hurmat bilan qarash, uni oila va jamiyat tarbiyachisi sifatida ko‘rish an’anasi bor. Mazkur an’analar pedagog ayol shaxsiyatida ham aks etadi. Shu sababli, o‘zbek ayoli obrazi orqali pedagog imijini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. O‘zbek ayollarining tarbiyasida avvalo iffat, mehribonlik, sabr-toqat, kattaga hurmat, kichikka izzat, vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘ulari ustuvor ahamiyatga ega. Bu fazilatlar pedagog ayol shaxsiyatida ham o‘z ifodasini topadi.
Masalan, o‘zbek ayoli hech qachon baland ovozda gapirmaydi, muomalada muloyim va samimiy bo‘ladi. Bu jihatlar pedagogik muomala uchun ayni muddao va o‘quvchi qalbida ishonch, hurmat va iliq munosabat uyg‘otadi.
Pedagog ayolining ijobiy imijida tashqi ko‘rinishga alohida e’tibor, ma’naviy fazilatlar mujassam bo‘lsa, kasbiy yetuklikka intilsa, o‘quvchi-yoshlar uchun eng yaxshi ibrat va namuna sifatida namoyon bo‘lishi aniq.
Shu bois, o‘zbek pedagog ayoli imidjini yanada mustahkamlash, uni qo‘llab-quvvatlash va ijobiy targ‘ib qilish davlat siyosati va fuqarolik jamiyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolmog‘i lozim.

N.Saparova
Termiz davlat universiteti katta o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun