Bozori yurishmadi…

Date:

Bugungi kunda onlayn bozorlar ko‘paygandan ko‘paygan. Ko‘chaga chiqib sarson bo‘lmaysiz, nima kerak bo‘lsa, tanlaysiz-da, haqini to‘lasangiz, eshigingizni qoqib, o‘zlari xarid qilgan mahsulotingizni yetkazib berishadi. Ishonch qozongan marketlarning bozori yurishib, mo‘may daromad ko‘rayotgan bo‘lsa, afsuski, bunday halol bozorlar nomidan foydalanib, o‘z “bozori”ni yurishtirib, firibgarlik yo‘lini tutayotganlar ham yo‘q emas.
Bir tanishim yaqindagina onlayn do‘kondan kiyim buyurtma qilib, pulini sotuvchining plastik kartasiga o‘tkazib berganidan so‘ng, sotuvchi tomonidan raqami bloklanib, kiyimga ham, puliga ham kuyib qolganiga nima deysiz. Denovlik Asror Beg‘amov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) ham chuv tushdi. Mashina ehtiyot qismlarini onlayn guruhda arzon ekanini ko‘rdi-yu, xarid qilishga shoshdi. Samimiy va diyonatli ko‘ringan sotuvchi yigit bilan bir necha bor telefonda suhbatlashdi, savdolashdi. Narxida kelishgach, avvaliga 3 million so‘m, bir necha soat o‘tib, 2 million so‘mga yaqin mablag‘ni aytilga kartaga tashlab ham berdi. Ammo qancha vaqt o‘tsa hamki, na pulidan va na buyurtma qilgan mashina ehtiyot qismlaridan darak bo‘ldi. Yetmaganiga sotuvchi qo‘ng‘iroqlarga ham javob bermadi.
Unutmaylikki, ko‘cha bedarvoza emas, har qanday qilmishning ham javobi, jazosi bor. Firibgarlik yo‘lni tutgan sotuvchining shaxsi aniqlanib, keraklicha javob berishiga to‘g‘ri keldi. Halol mehnat qilib emas, firib yo‘lini tutgan sotuvchining bozori yurishmadi.
Ahmad G‘ulomov,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda qonuniylikni ta’minlash bo‘limi boshliĝi, adliya kichik maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yosh olimlar qoʻllab-quvvatlovda

Prezident farmoniga ko‘ra, ilmiy daraja olish tizimi yanada soddalashtiriladi...

“Afrosiyob”da xavfsiz muhit yaratildi

Sariosiyo tumanidagi "Afrosiyob" mahallasida yangi zamonaviy mahalla binosi foydalanishga...

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda

Termiz shahri va Belarusning Polosk shahri o‘rtasida hamkorlikni yanada...

Bandixonda erkin iqtisodiy zona barpo etiladi

Bandixon tumanida barpo etilayotgan “Termiz” erkin iqtisodiy zonasining filiali...
KunTun
KunTun