Ustamasi 400 foizgacha…

Date:

Oliy ta’lim muassasalari (OTM) professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlariga moddiy rag‘batlantirish tartibida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori bilan rasmiy xabar berildi.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 26-avgustdagi 517-sonli hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga yangi band kiritildi. Unda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xodimlarga beriladigan ustamalar miqdoriga doir qo‘shimcha normalar belgilandi.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra:

• Boshqa toifadagi xodimlar uchun belgilanishi mumkin bo‘lgan ustama miqdori 400 foizdan ortiq bo‘lmasligi belgilandi;

• Zarur hollarda, malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida OTM Kengashi tomonidan bu miqdor mustaqil belgilanishi mumkin bo‘ladi.

Bu o‘zgarishlar, bir tomondan, ta’lim muassasalarida mehnatga haq to‘lash tizimini yanada moslashuvchan qilish, ikkinchi tomondan esa, yuqori malakali kadrlarni OTM tizimida ushlab qolishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun