Mehnat qadrlansa, yurak quvnaydi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-son politexnikumida tashkil etilgan tadbirda 11 nafar fidoyi ustoz va xodimlar — o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tinimsiz xizmatlari bilan boshqalarga namuna bo‘lgani uchun faxriy medallar bilan taqdirlandilar.
Pedagog xodimlar koʻksini — “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”, “Vafo va sadoqat” kabi medallari bezadi.
Taqdirlanganlar ko‘zlaridagi quvonch, g‘urur va minnatdorlikni soʻz bilan ifodalash qiyin. Ha, mehnat qadrlangan joyda chin insoniylik namoyon bo‘ladi.
Taqdirlash marosimi tantanali tarzda o‘tkazilib, medallarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas’ul xodimi Ismoil Eshmatov hamda hududiy boshqarma vakillari topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun