Eyfeldan 35 metr baland

Date:

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Jammu va Kashmir hududida joylashgan Chenab temiryo‘l ko‘prigini tantanali ravishda ochdi. Ushbu inshoot dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi hisoblanadi. Ko‘prik Chenab daryosi ustida 359 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu Parijdagi mashhur Eyfel minorasidan 35 metr balandroq degani.

Ko‘prik Hindiston shimolidagi Udampur–Shrinagar–Baramulla temiryo‘l loyihasining markaziy qismidir. U 1 315 metr uzunlikka ega bo‘lib, 30 000 tonna po‘latdan barpo etilgan. Muhandislar bu ko‘prikni 266 kilometr/soat tezlikdagi shamollarga va 8 ballgacha bo‘lgan zilzilalarga bardosh bera oladigan tarzda loyihalashtirishdi.

Ko‘prik qurilishi ilk bor 2003-yilda boshlangan. Ammo murakkab geografik sharoitlar, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar va mintaqaviy siyosiy noaniqliklar sababli ishlar bir necha bor to‘xtab qoldi. Inshoot nihoyat 2022-yil avgust oyida qurib bitkazildi va 2025-yil iyun oyida foydalanishga topshirildi.

Mazkur ko‘prik tog‘li va muvozanatsiz relyefli hududda qurilgan bo‘lib, bu mintaqaning og‘ir infratuzilma sharoitlariga qaramay, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish namunasi sifatida ko‘rilmoqda.

Oldingi sahifaYetimning haqi
Keyingi sahifaOna

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...

Tibbiyotda kontrakt oshirilmaydi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika ta’limi tizimida...

Maqsadni ko‘rsatish majburiy

O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tashkilotlari mobil ilovalarda...

Kitobxonlikka chorlab…

Termiz davlat universitetida arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir...
KunTun
KunTun