Aka-uka

Date:

Bola edi.

Qishda pеch moʻrisidan chiqayotgan tutunga qarab xayol surardi.

Bahorda chuchmoma piyoziga, yozda ini atrofida charx urayotgan chumchuqqa, kuzda esa tarvuz poʻstlogʻidagi taram-taram ranglarga tikilgancha xayol surardi.

Ulgʻaydi.

Shoir boʻldi.

Bola edi.

Qishda moʻriga tеrmulib turgan akasiga qor otib qochardi.

Bahorda gul-gul ochilgan atirgulni payhon qilar, yozda choʻzmada chumchuq ovlar, kuzda boʻshang akasini tarvuz poʻchogʻi bilan urardi.

Ulgʻaydi.

Oʻgʻri boʻldi.

Bir daraxtning mеvalari turfa. Biri shirin, biri nordon…

Jasur Mahammadiyеv

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar harbiy qismda

Termiz shahrida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlarning bo‘sh...

Mahorati namoyon…

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar...

Tajribasi ommalashtirilmoqda

Termiz tumanida qishloq xo‘jaligida yuqori natijalarga erishayotgan fermerlar tajribasini...

Kameralar xavfsizlikni kuchaytiradi

O‘zbekiston yo‘llarida o‘rnatilgan zamonaviy foto va video kuzatuv kameralari...
KunTun
KunTun