Ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati boy turizm salohiyatiga ega bo‘lib, mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish, xorijiy va mahalliy sayyohlarni keng jalb etish maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Sariosiyo tumanida joylashgan Nilu mahallasini turizm qishlog‘iga aylantirish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimining ushbu mahallaga tashrifi chog‘ida “Nilu”, “Sangardak” va “Xonjiza” mahallalarida faoliyat yuritayotgan turizm tadbirkorlariga ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Sariosiyo tumani hokimligi hamda viloyat Turizm boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlar va hokim yordamchilari uchun Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida joylashgan “Miraki” turizm majmuasida tajriba almashuv tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar ekoturizm yo‘nalishidagi boy imkoniyatlardan samarali foydalanish, turistlar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, hududiy xoslikni saqlagan holda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Oldingi sahifaTashabbus oʻzini oqlashi uchun…
Keyingi sahifaLochin

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun