Xayrli tashabbusga start berildi

Date:

Mamlakatimizda xotin-qizlarning munosib va farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib, manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ezgulik va saxovat ayyomi — Qurbon hayiti munosabati bilan Surxondaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbusga start berildi.

Viloyatda og‘ir turmush sharoitida yashab kelayotgan 141 nafar xotin-qizning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi chog‘ida “Obod turmush” mahallasida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan oila uchun quriladigan uy-joyga tamal toshini qo‘ydi.

Loyiha doirasida 28 ta oila uchun yangidan uy-joylar qurilishi, 113 ta oilaning turar joylari esa to‘liq ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, hokimning tumanga tashrifi davomida hududiy studiyalar orqali onlayn formatda ommaviy fuqarolar qabuli ham o‘tkazildi. Unda 201 nafar fuqaro 213 ta muammo va masala bo‘yicha murojaat bilan ishtirok etdi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul mutasaddilar biriktirilib, ularni o‘rganish va qonun doirasida hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sport — yangi milliy yondashuv

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholining sog‘lom turmush...

Ish tashlash — endi qonuniy vosita

Zamonaviy mehnat munosabatlarida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi muvozanatni...

Sahnada porlagan iste’dod

San’at — yoshlarning ichki dunyosini namoyon etuvchi, iste’dod va...

“Yangi shahar”da yangi stadion

Hududlarda zamonaviy sport maskanlarini barpo etish — yoshlar salohiyatini...
KunTun
KunTun