390 million so‘mlik qurilish materiallari ajratildi

Date:

Sherobod tumanidagi umumta’lim maktablarini 2025–2026-o‘quv yiliga puxta tayyorlash, ta’lim shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, o‘quv xonalarini zamonaviy jihozlash hamda ta’mirlashga doir amaliy tadbirlar doirasida muhim qadam tashlandi. Tumandagi 70-sonli umumta’lim maktabida Sherobod tumani hokimi rahbarligida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda tumandagi 76 ta maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida mahalliy budjetdan ajratilgan 390 million so‘mga teng bo‘lgan qurilish materiallari topshirildi. Ushbu tashabbus maktab binolarini ta’mirlash, o‘quv xonalarini jihozlash va infratuzilmani yaxshilash orqali o‘quvchilarga yanada qulay va samarali ta’lim olish imkonini yaratadi.

Oldingi sahifaVazn yo‘qotish endi oson
Keyingi sahifaIshonch

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun