Maxsus texnikalar topshirildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-oktyabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Sherobod tumanlariga zamonaviy “Samosval” rusumidagi maxsus yuk tashuvchi transport vositalari topshirildi.

Mazkur texnikalar tumanlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud yo‘llarni ta’mirlash va yangi yo‘llar qurilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus hududlarda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va erkin harakatlanish imkoniyatlarini yaratishda katta ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun