Maktabdan katta hayot sari…

Date:

Har yili 25-may sanasida yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida boʻlgani kabi an’anaviy tarzda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami Jarqo‘rg‘on tumanidagi umumta’lim maktablarida ham tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar, ustoz-muallimlar, ota-onalar, shuningdek, ushbu maktabni ilgari bitirgan faxriy mehmonlar ishtirok etdilar. Tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabda tuman hokimi Elmurod Avazov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan samimiy tabrigini o‘qib eshittirdi.

Tadbirlarda o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, fan olimpiadalari, tanlovlar va maktab hayotida faol ishtirok etgan iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ustozlari munosib taqdirlandilar.

Yakunlangan joriy o‘quv yilida Jarqo‘rg‘on tumanidagi maktablarda jami 2833 nafar 11-sinf bitiruvchilari yangi hayot bosqichiga qadam qo‘ymoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun