Surxondaryolik kurashchilar ham bo‘sh kelmadi

Date:

Polvonlar kurashga tushsa, tomoshabinlar uchun ham bahonai sabab topiladi va mardi maydon bo‘layotganlarning kurashuvini miriqib tomosha qilishga shoshishadi. Ayniqsa, har bir hududning kuchli, nomi dong‘i ketgan polvonlari kurashish uchun kelgan bo‘lsa, bu jarayonni kuzatishdan zavqli mashg‘ulot bo‘lmasa kerak.

Toshkent shahridagi “Universal” sport majmuasida ham kurash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon professionallar seriyasi xalqaro turnirining final bosqichi ana shunday muhim ahamiyat kasb etdi. Turnirda dunyoning 20 dan ortiq davlatlaridan eng kuchli polvonlar kuch sinashish uchun tashrif buyurgan bo‘lsa, sportsevar, kurash ishqibozlari ham bir yerda jam bo‘lishdi.

Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan polvonlar qatorida surxondaryolik kurashchilar ham o‘z vazn toifalarida faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. 100 kilogramm vazn toifalarida (erkaklar o‘rtasida) Muhsin Hisomiddinov hamda Shermuhammad Jandriyevga teng keladigan topilmagan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Yulduz Muhammadiyeva barcha raqiblarining kuragini yerga tekkazib, birinchi o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sovuq kunlarda xavfsizlik — hayot garovi

Termiz tumanida sovuq kunlarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda...

“Ostona-1” nasos stansiyasi modernizatsiya qilindi

Uzun tumanidagi «Ostona-1» nasos stansiyasida qiymati 2 million 18...

Kasaba uyushmalari: sharafli tarix, zalvorli mas’uliyat

Mehnat qilayotgan insonning huquqlari himoyalangan, salomatligi va manfaatlariga e’tibor...

Axborot barqarorligi: yechimlar mahalliy tajribadan boshlanadi

Surxondaryoda dezinformatsiyaga qarshi kurashish, axborot savodxonligini oshirish va jamiyat...
KunTun
KunTun