65 nafar xotin-qiz tikuv mashinali bo‘ldi

Date:

Subsidiya asosida fuqarolar nafaqat yangi uy, balki yangidan yangi imkoniyatlar eshigini ham ochishmoqda. Bugun ishsizlikka munosib yechim tarzda kasb-u hunari bor, ammo ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari berilayotgani ham eng yaxshi tashabbus deyish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yilning 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi 252-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Uzun tumanida bir qator ishlar amalga oshirilayotgani esa fikrimiz tasdig‘idir.
Xususan, Uzun tumanida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi 65 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi topshirildi. Tadbirda viloyatdan tashrif buyurgan vakillar hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etib, fuqarolarga tikuv mashinalarini topshirib, undan samarali foydalanishlari, bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bilan moddiy ahvollarini yaxshilashiga erishishlarini taʼkidlab o‘tdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

90 nafar bola uchun yangi bog‘cha

Maktabgacha ta'limni rivojlantirish va bolalarni sifatli ta'lim bilan qamrab...

“Ko’mak”dan ko‘mak olib

Bandixon tumanida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va tillarni...

Sizga sharaf bo‘lsin!

Vatanga sadoqatli, fidoyi va malakali harbiy kadrlarni tarbiyalash har...

Milliy qadriyatlar ulug‘landi

Milliy o‘yinlar xalqning tarixi, qadriyati va tarbiya an'analarini o‘zida...
KunTun
KunTun