Hokim yoshlar bilan uchrashdi

Date:

Viloyatda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya institutida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Uchrashuvda 100 dan ortiq yosh o‘zlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etdi. Ana shunday takliflarga asosan joriy yil sentabr oyida notiqlik va kitobxonlik san’ati bo‘yicha yirik seminar tashkil etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, yoshlar o‘z yashash hududlaridagi maktab va sport o‘yingohlarini ta’mirlash, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalari o‘tkazish masalalarida murojaat qilishdi.
Bildirilgan taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi, ko‘tarilgan muammoli masalalar hal etilishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun