Morxo‘r bolasining hayoti asrab qolindi

Date:

“Surxon” davlat qo‘riqxonasida 194 turdagi hayvon, 807 turdagi o‘simlik mavjud ularni asrab-avaylash esa qo‘riqxona mas’ullari zimmasidadagi mas’uliyatli vazifadir. Ammo brokanerlarning, tabiiy ofat va hodisalar sabab noyob turlar qirilib ketish, yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turibdi. Morxo‘r ham ayni shunday noyob tur hayvonlardan. Ayni mavsum esa morxo‘rlarning ko‘payish davri.
Afsuski, joriy yilning 22-aprel sanasida Ko‘hitang tog‘ tizmalarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida tug‘ilganiga taxminan ikki uch kun bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobiga kiritilgan Morxo‘r bolasi onasidan ajralib qoldi. Shunday vaziyatda “Surxon” davlat qo‘riqxonasi “Qizilolma” bo‘limida nazorat ishlarini olib borayotgan Tog‘aymurod Abdulaliyev morxo‘r bolasini soyda nochor ahvolda ko‘rib qolib, birinchi yordamni ko‘rsatdi. Morxo‘r bolasining hayotini saqlab qoldi.
Shundan so‘ng, ushbu morxo‘r bolasi veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib, sog‘lom holatda ekani aniqlandi va barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnigiga parvarish qilish uchun topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun