Hokimning sovg‘alari topshirildi

Date:

“Zakovat” intellektual o‘yinlari shunchaki vaqtni maroqli o‘tkazish uchun emas, balki yoshlarning bilimi, dunyoqarashi, zakovatiga munosib baho berish uchun ham o‘tkazilib kelinmoqda. Ayni maqsadda “Viloyat hokimi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichiga start berilgan edi. Quvonarlisi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu bosqichga yetib kelgan barcha 24 ta maktabda bitta zamonaviy chet tillari sinf xonasi tashkil qilinishi va soʻnggi zamonaviy vositalar bilan jihozlanishini bildirgan edi.
Va’da qilinganidek, viloyat hokimi eʼtirofiga sazovor boʻlgan ushbu maktablarga Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tomonidan “Surxondaryo viloyati hokimining sovg‘alari” — zamonaviy elektron doskalar tantanali ravishda topshirildi. G‘oliblarning muvaffaqiyatga erishishi, intilishlari nafaqat o‘zlarini, balki o‘zlari bilan birgalikda butun bir maktab jamoasini rag‘batlantirgani barchani ruhlantirib, o‘qib o‘rganishga, yuqori marralarni ko‘zlashga xizmat qilsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun