Ishga yollash nazorat qilinadi

Date:

Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Rossiyada ishlash” («Rabota v Rossii») davlat kompaniyasini mehnat muhojirlarini ishga yollash operatoriga aylantirishni taklif qildi. Vazirlik Mehnat va bandlik federal xizmati (Rostrud) bilan birgalikda tegishli prezident farmoni loyihasini ishlab chiqqan. Hujjatga ko‘ra, «Rossiyada ishlash» davlat nazorati ostida bo‘ladi, u orqali migrantlar tashkiliy ishga qabul qilish doirasida ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi. Chet el fuqarolarining Rossiya hududida bo‘lishini nazorat qilish Ichki ishlar vazirligiga yuklangan.
«Rossiyada ishlash» chet ellik ishchi bilan shartnoma tuzadi, ishchilar reestrini yuritadi, ishchilarning qaysi ish beruvchi ehtiyojiga ko‘ra mamlakatga kelganiga qarab, bevosita uning qo‘lida band ekanini monitoring qiladi. Shuningdek, “Rossiyada ishlash” chet ellik ishchi tomonidan ish beruvchida bo‘lish rejimini buzish holatlari hamda ish beruvchi migrantning mehnat huquqlarini buzgan holatlar haqida tegishli organlarga ma’lum qiladi.
Ma’lumot uchun, oldinroq Mehnat vazirligi migrantlar bilan mehnat shartnomasini tuzish muddatini ikki yil bilan cheklashni taklif qilgan edi. Agar ish beruvchi tashkiliy yollash doirasida chet ellik ishchi bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilsa, migrant 30 kun ichida Rossiya hududidan chiqib ketishi kerak bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Eron tajribasi oʻrganildi

Termiz davlat universitetida eronlik mutaxassislar ishtirokida an’anaviy to‘qimachilik, tabiiy...

TERMIZDA QADIMGI TURON TARIXI VA MIFOLOGIYASI MUHOKAMA QILINMOQDA

Termiz davlat universitetida qadimgi Turon xalqlarining diniy qarashlari, mifologiyasi...

MAHALLALARDA «3–30–300» YASHILLASHTIRISH STANDARTI JORIY ETILADI

O‘zbekistonda 2026-yil 1-oktyabrdan tozalik va ozodalik bo‘yicha ikki oylik...

NURONIYLAR SAYOHATGA YO‘L OLDI

Termiz tumanidan bir guruh nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimizning...
KunTun
KunTun