Surxondaryolik yoshlar ham g‘oliblar safida

Date:

Yurtimizning turli hududlarida Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tayotir. Kuni kecha tarix, geografiya, informatika hamda tojik tili fanlaridan asosiy fan olimpiadalari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tib, g‘oliblar aniqlangan bo‘lsa, poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 102-sonli alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyoti, matematika, tarix va rus tili fanlaridan bo‘lib o‘tdi.
Albatta, o‘quvchi-yoshlarning bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazilgan olimpiadada har bir ishtirokchi bor mahoratini ishga solgan holda harakat qildi. Albatta, mehnat va izlanishlar besamar ketmadi. Quvonarlisi, g‘oliblar orasida surxondaryolik yoshlarning ham borligi bo‘ldi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra, tarix fanidan Sho‘rchi tumanidagi 125-sonli maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Jahongir Boymurodov, ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha esa Angor tumanidagi maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Sevinch Abdurahmonovalar faxrli 3-o‘rinni egalladilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun