Kerakli tushunchalar berildi

Date:

Yoshlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, qolaversa, bandligini ta’minlash har qanday muammoga munosib yechim bo‘lib xizmat qiladi. Shu ma’noda yurtimizda rahbarlar yoshlar hayotiga mas’ul qilingan holda ularning muammolariga, har qanday masalalariga yechim topish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan ishlash masalasi ham e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihat.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmasiga asosan Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi boshlig‘i podpolkonik Sh.Musurmonov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Tursunov tomonidan Surxondaryo viloyati IIB JXX Probatsiya bo‘limida shahar-tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhlari xodimlari bilan ZOOM platformasi orqali onlayin o‘quv-seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminar mashg‘ulotida probatsiya nazorati ostidagi yoshlarga Yoshlar agentligi tomonidan ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yordamlar, ularni “Yoshlar daftari”ga kiritish tartibi yuzasidan tushunchalar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyun kunidagi “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-312-son qarori qisqacha mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun