Yoshlar bilan muloqot

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, doimiy ish bilan hamda munosib daromad olishini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish kerakligi haqida bir qancha topshiriqlar belgilangan edi.

Qaror ijrosini amalga oshirish maqsadida, respublika hamda har bir viloyat, tuman, mahallalarda yoshlarni ish bilan ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qiziqarli tadbirlar, zakovat o‘yinlari, sport musobaqalari, hamda bo‘sh ish o‘rinlari yaratish yarmarkalari davom etmoqda. Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov boshchiligidagi sektor rahbarlari bilan ishlash, o‘qish, davolanish hamda boshqa maqsadlar bilan xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda yoshlarning murojaatlari tinglandi.
Mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin til va kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni tumanimizda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalalarida ishtirokchilar bilan suhbatlashildi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar berildi. Sektor rahbarlari yoshlar bilan doimiy muloqot qilib, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirib borilishlarini qayd etishdi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun