Daraxt kesib, jarima to‘ladi

Date:

Bir daraxtni gurkirab o‘sishi, barg yozib, meva tugishi, soyasidan el bahramand bo‘lishi uchun necha-necha yillar kerak bo‘ladi. Bu muddat o‘tgunga qadar yerga nihol qadagan yosh keksayib, qaddi dol bo‘lishi ayni haqiqat. Ammo, shuncha mehnat va vaqtning hurmatini bilmagan sho‘rchilik fuqaro bir tup qurigan tol daraxtini ruxsatnomasiz, o‘zboshimchalik bilan kesib, o‘tin sifatida foydalanmoqchi bo‘ldi.
Yaxshiyamki, tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida ushbu holat aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 79- moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 5 barobari miqdorida – 1 million 700 ming so‘m jarimaga tortildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun