Yer hokimlik zaxirasiga qaytarildi

Date:

Foydalanilmay yotgan yerdan istaganimizcha foydalanishimiz mumkin deya ko‘cha bedarvozadek harakat qilamiz. Uyimizning yonidagi bo‘sh yerni devor bilan o‘rab olishimiz, ekin-tikin qilishimiz ham mumkin. Bunday holatlar ko‘p bor takrorlanib kelinadi. Yer davlatniki, unday foydalanish uchun o‘rnatilgan tartib-qoidalar va qonunchilikdan kelib chiqqan holda ruxsat olishga to‘g‘ri keladi. Ana shundan keyingina qiladigan xatti-harakatimiz qonuniy tus olgan bo‘ladi.
Afsuski, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Imomtepa” mahallasi hududidagi hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer uchastkasini Denov tumani “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasida yashovchi fuqaro A.J.S tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0,05 gektar yer maydonini egallab olib, 20 metr uzunlikda beton devor qurayotganligi holati aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlar tomonidan fuqaro A.J.S ning noqonuniy beton devoriga nisbatan MJTKodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma’muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan. Shundan so‘ng, tushuntirish ishlari natijasida noqonuniy qurilgan devor binosi fuqaro A.J.S tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi va ushbu yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun