Yangi ko‘prik ishga tushdi

Date:

Oltinsoy tumanidagi “Ketar” qishlog‘iga ketganlarning qaytishi qiyin kechardi. Sababi qishloqqa olib boruvchi ko‘prikning ayanchli ahvoli qishloqqa borib kelishga qiyinchilik tug‘dirardi. Uzoq masofani bosib, aylanib borib kelish yaqinlar ziyoratini, diydorini keyinga surib kelardi. Tuman hokimi B.Maxmatraemov tashabbusi bilan savobli ishlar boshlab yuborildi.
Qishloqqa olib borguvchi yo‘lda katta kanal ustida yangi ko‘prikni ishga tushirish ishlari boshlab yuborildi. Ko‘prik qurish ishlariga qishloqning yoshu keksasi hamjihatlikda yordam qo‘lini cho‘zdilar. Ko‘pning xizmati bilan bunyod etilgan ko‘prik aholi uzog‘ini yaqin, og‘rini yengil qilishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun