Yomg‘irlatib sug‘orish – tejamkorlik garovi

Date:

Yo‘qni yo‘ndirish xalqimizga xos xususiyat. Ayniqsa, dalalarimizda suv tanqisligi kuzatilayotgani dehon va fermerlarimizning ishiga, mo‘l hosil olishiga zinhor halaqit bermayapti. Bu yo‘lda eng yaxshi yechim yomg‘irlatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yishdir. Shu tariqa mavjud suv manbalaridan tajamkorlik bilan foydalanish bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylanmoqda.
Sho‘rchi tumanining “Dalvarzin” hududida faoliyat yuritayotgan Jo‘rabek Murodov rahbarlik qilayotgan “Jo‘ramurod Xotamtoy” fermer xo‘jaligi dala maydonining 26 gektarini yomg‘irlatib sug‘orish uchun sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilishi natijasida mo‘l va sifatli hosil olish maqsad qilingan.
Yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasida sug‘orish ishlari to‘liq avtomat tarzda amalga oshirilib, sug‘orish me’yorini kamaytirish yoki ko‘paytirish orqali tuproqning namiqish chuqurligini ehtiyojga qarab o‘zgartirib borilmoqda. Bunda suv dala bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi.
Yomg‘irlatib sug‘orilganda dalada mikroiqlim yaratilib, ekinning jadal o‘sib-rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Bundan tashqari, mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalarni suvga qo‘shib berish ham mumkin. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil yetishtirilib, yerdan foydalanish samaradorligi ortadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qimmatga tushgan “talab”

Surxondaryoda YPX xodimi xizmat vakolatidan foydalanib, paxta ortilgan yuk...

3 kilometr — iroda va qat’iyat sinovi

Bugun Termiz shahrida yoshlarni sportga keng jalb etish va...

O‘zbekiston terma jamoasi shtabiga yangi mutaxassislar qo‘shildi

Bosh murabbiy Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi...

“Ijodkor bolalar” aniqlandi

Surxondaryo viloyati bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida “Ijodkor bolalar”...
KunTun
KunTun