90 o‘rinli DMTT ish boshladi

Date:

Sherobod tumanidagi “Bahor” mahallasida 394 nafar 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bola mavjud. Ularning 90 nafari esa endi bog‘chaga borishi mahalla ahlini quvontirdi. Sababi mahallada Investitsiya dasturi asosida loyiha qiymati – 3 milliard 527 million so‘m bo‘lgan 90 o‘rinli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tashkilotda zamonaviy maxsus mebellar, yangi to‘shaklar bilan jihozlangan yotoqxonalar, xavfsiz qattiq va yumshoq o‘yinchoqlar, bolalar uchun maxsus kutubxona, keng yorugʼ xonalar, yozgi ayvonchalar, o‘yin maydonchalari, ko‘rkam va fayzli oshxona bolajonlarning doimiy xizmatida bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryo suv ta’minoti yangi binoga ega bo‘ldi

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJning...

“Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Pedagoglar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining tuman...

MUSTAHKAM OILA — YURT TAYANCHI

​Oila — har bir jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, milliy qadriyatlar,...

Tarixga sayohat — Vatan himoyachilari nigohida

Surxondaryodagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida “Tarixga...
KunTun
KunTun