PREZIDENT QARORI IJRODA

Date:

Prezidentimizning 2023-yil 23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida “Tadbirkorlar xiyoboni” tashkil etildi. Xiyobon ochilish marosimida tuman hokimi A.Allamurodov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutasaddilari, nuroniylar, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirga yig‘ilganlar xiyobonda ishbilarmon doira vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Mazkur xiyobon tadbirkorlikka intiluvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, biznes o‘sishini rag‘batlantirish uchun bir qator qulayliklar va imkoniyatlarni taklif etadi. Tadbirkorlar xiyoboni potensial investorlar bilan biznes-loyihalarni muhokama qilish va B2B uchrashuvlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar bilan ta’minlangan.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arslonbek mutlaq gʻolib

Uzunlik iqtidorli sportchi Komilov Arslonbek para powerlifting yo‘nalishida yirik...

Sutni qayta ishlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi

Muzrabot tumanining eng olis va chegara hududlaridan biri bo‘lgan...

Muzrabotning “Stela”si qurilmoqda

Muzrabot tumanining kirish qismida barpo etilayotgan “Stela” monumenti qurilish...

Jarayon nazorat ostida

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov umumiy o‘rta ta’lim maktablarida...
KunTun
KunTun