O‘qituvchi va shifokorlar uchun…

Date:

Har bir sohaga e’tibor qaratilib, jonkuyar va fidoyi insonlar munosib qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Buni ta’lim va tibbiyot sohasida ham ko‘rish mumkin. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar, shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlashda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun Sherobod tumani hududidan 100 ta zamonaviy turar-joy qurilishi fikrimiz isbotidir.
Ushbu turar-joyning tamal toshini Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov qo‘ydi va qurilish ishlariga start berdi. Aytish kerakki, uy-joylarni tanlov asosida 50 nafardan jami 100 nafar samarali mehnat qilib kelayotgan, yurtimiz rivoji va aholi salomatligi yo‘lida ko‘plab shogirdlarni yetishtirayotgan halol va fidoyi o‘qituvchi hamda shifokorlarga Prezidentimiz nomidan sovg‘a qilinadi.
Saxovatpesha tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan bunyod etayotgan ko‘p qavatli uy-joylar 2024-yilning mart oyida foydalanishga topshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun