Aholiga bepul ko‘mir tarqatildi

Date:

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, keraklicha qo‘llab-quvvatlanayotganidan xabarimiz bor. Ularning bandligini ta’minlash, oliy ta’limga o‘qishga kirishlarida imtiyoz va qo‘shimcha kvotalar ajratilayotgani ham fikrimiz isbotidir. Mana shunday doimiy manzilli yordam ko‘rsatib kelinayotgani fuqarolar turmushini yaxshilab, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga turtki bo‘layotir.
Uzun tumanida ham kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida har bir mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti og‘ir xonadonlarga 600 kilogramdan bepul ko‘mir mahsulotlarining tarqatilayotgani ana shunday ishlarning amaliy ko‘rinishidir. Ta’kidlash joizki, tumanda ko‘mir zaxirasini yaratish, aholini ko‘mir bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar belgilangan reja asosida davom etayotir.

Oldingi sahifaXitoy bilan hamkorlikda…
Keyingi sahifaDARD

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun