Yoshlar bandligi ta’minlanadi

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Angor tumanida qurilayotgan 1500–1600 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi loyihasi taqdimoti hamda talabalar bandligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, xalqaro kompaniyalar vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Ulug‘bek Qosimov mazkur loyiha hudud energetika salohiyatini oshirish, sanoatni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash va yosh muhandislar uchun yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Loyiha Nebras Power, Siemens Energy, EDF hamda Quwatt B.V hamkorligida zamonaviy parogaz texnologiyalari asosida amalga oshirilmoqda. Uni 2027-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Anjuman yakunida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, rezyumelar qabul qilindi va dastlabki suhbatlar tashkil etildi. Bu yoshlar uchun xalqaro kompaniyalar bilan bevosita aloqa o‘rnatish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatini belgilashda muhim imkoniyat bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Laboratoriya — innovatsion bilim maskani

Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan...

Maxsus texnikalar topshirildi

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar”...

Ota Kechasi bolasi yaxshi uxlamadi. Qaynonasi hammasini bildi. Ertalab uxlab...

“Shinjon” usulida…

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan...
KunTun
KunTun