“Texno Park”ning ilk loyihalari ishga tushirildi

Date:

Termiz tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kelgusida massiv aholisini bandligini ta’minlash maqsadida “Texno Park” hamda yoshlar sanoat zonasi barpo etilayotganidan xabaringiz bor.

Ushbu tashabbuslar doirasida birinchi bosqichi foydalanishga topshirilgan “Texno Park” hududida yosh tadbirkorlarning ilk loyihalari o‘z faoliyatini boshladi.

Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, tadbirkorlarni yangi loyihalarining ishga tushirilishi bilan tabrikladi va ularga muvaffaqiyat tiladi. Qayd etilganidek, mazkur loyihalar ilg‘or xorijiy, xususan, Xitoy tajribasi asosida tashkil etilmoqda va hududning ishbilarmonlik muhitini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi rahbarligida “Texno Park”ning qolgan lotlarida loyihalarni joylashtirish, ishga tushirish jarayonlari hamda yoshlar sanoat zonasi qurilishi masalalari ko‘rib chiqildi. Banklar va mas’ul tashkilotlar rahbarlari tomonidan startap loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularni joylashtirish va faoliyatini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-sonli qarorining viloyatdagi ijrosi muhokama qilindi.

Mas’ullarga har ikki loyihani ham to‘liq ishga tushirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun