Ikkinchi bosqich qizg‘in tus oldi

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi barcha hududlarda davom etmoqda. Mazkur jarayonda hududlardagi “mahalla yettiligi” a’zolari alohida tashabbus ko‘rsatmoqdalar.

Jumladan, Termiz tumanining “Yangiobod” mahallasi “yettiligi” ham ro‘yxatga olish ishlarini uyushqoqlik bilan davom ettirmoqdalar. Mas’ullar xonadonma-xonadon yurib, ayrim sabablarga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda va savolnomalarni to‘ldirishmoqda. Quvonarlisi, mahalla ahli ham bu jarayonga befarq bo‘lmay, ro‘yxatga oluvchilarga yaqindan ko‘maklashmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun