Armiyamiz safida…

Date:

Prezident qaroriga muvofiq hududlarda yoshlarni muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatish marosimlari boshlandi. Shu munosabat bilan Termiz shahrida ham milliy armiyamiz safida xizmat qilish uchun yo‘l olayotgan yigitlarni kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Chaqiriluvchilar dastlab malakali tibbiyot xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi har tomonlama tekshirildi. Shuningdek, harbiy psixologlar tomonidan psixodiagnostik testlar hamda individual suhbatlar tashkil etilib, nomzodlarning ruhiy barqarorligi va jamoada ishlash ko‘nikmalari baholandi.

Tantanali marosimda mas’ul tashkilotlar vakillari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Vatan oldidagi burchini ado etish uchun yo‘l olayotgan yigitlarga sharafli xizmat, mustahkam iroda va ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Bunday tadbirlar yoshlarda Vatanga sadoqat, mas’uliyat va milliy armiyamizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun