Maxsus texnikalar topshirildi

Date:

Termiz shahrida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida harbiy qismlarga maxsus texnikalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Marosimda Surxondaryo viloyati hokimi – harbiy-ma’muriy sektor rahbari Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, harbiy qismlarga ajratilgan maxsus texnikalar kalitlarini mutasaddi idoralar vakillariga tantanali ravishda topshirdi. Ta’kidlanganidek, mazkur texnikalar Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyida yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, litsey o‘quvchilari bilan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazilib, bo‘lajak yurt posbonlarining taklif va tashabbuslari tinglandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun