Mehnat-u harakatlar besamar ketmadi

Date:

Sohil kurash — qum ustida bajariladigan, kurashning eng dinamik va tomoshabop yo‘nalishlaridan biridir. Bu sport turi nafaqat jismoniy kuch, balki chaqqonlik, tezkor fikrlash va bardamlikni talab qiladi. Qoidalari sodda, ammo kurash jarayoni juda shiddatli bo‘lgani uchun yoshlar orasida yildan-yilga ommaviylashib bormoqda.

Bugungi yoshlar qo‘shimcha ravishda sog‘lom turmush tarziga, o‘zini sinab ko‘rishga, o‘z ustida ishlashga qiziqmoqda. Ayniqsa sohilda, ochiq havoda, qum ustida mashg‘ulot o‘tkazish ularni yanada ruhlantiradi va sportni jozibador qiladi. Shuning uchun ham Sohil kurash yosh sportchilar orasida katta motivatsiya manbayiga aylangan.

Termiz tumanida o‘tkazilgan Sohil kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi vakillari Lobar Xurramova, Komila Qahhorova, Xojiakbar Nurmuhamedov, Yulduz Muhammadiyevalar yana bir bor o‘z mahoratini isbotlab, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Bu g‘alabalar — yoshlarimizning mehnati, tirishqoqligi, harakatga bo‘lgan intilishi va sportga bo‘lgan samimiy muhabbatining mevasi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun