Yangi sahifa, yangi orzular!

Date:

Termiz davlat universitetida  an’anaviy “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda kunduzgi kechki va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan 3000 nafardan ortiq birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan rektor shunday dedi:

“Hayot – bu kitob. Bugun siz bu kitobda yangi sahifa ochdingiz. Bu sahifa “Talabalik” deb nomlanadi. Uni oddiy qog‘oz deb qaramang — u orzular bilan yoziladi, mehnat bilan to‘ldiriladi, intilish bilan bezatiladi. Va u sizning kelajagingizga aylanadi. Har biringiz bu sahifada o‘z tarixingizni yozish imkoniga egasiz”.

Tadbir davomida har bir talabaning kitob javoniga asos bo‘ladigan kitob ulashildi, muqovasida bitilgan ezgu tilaklar tilga olindi. So‘z olgan talabalar bildirilgan ishonch va yaratilgan imkoniyatlar ularning zimmasiga mas’uliyat yuklayotganini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, Rektor stipendiyasi sohiblariga sertifikatlar  topshirildi.

Tantanali marosim universitet orkestri va badiiy jamoalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun