“Ziyoli kelajak” loyihasi Sherobodda

Date:

             “Yuksalish” harakati tomonidan yirik ijtimoiy tashabbus — “Ziyoli kelajak” loyihasiga start berildi. Harakatning viloyat hududiy bo‘linmasi va “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi hamkorligida “Ziyoli kelajak” loyihasi doirasida Sherobod tumani “Xakimobod” MFYdagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasiga 80 nomdagi kitoblar topshirildi.  O‘zbek yozuvchilari va xorijiy mualliflarning asarlari o‘rin olgan.

            “Shayman bobo” fermer xo‘jaligi uchun “Ziyoli kelajak”da ishtirok etish — bu kelajakka yaqinlashish, taʼlimga va o‘sib kelayotgan yosh avlodning  maʼnaviy rivojlanishiga investitsiya kiritish imkoniyatidir. Ishonchimiz komilki, biz kuchimizni birlashtirib, bolalarga, ular qayerda yashashi va o‘qishidan qatʼiy nazar, teng sharoitlar yarata olamiz. Bizning maqsadimiz – O‘zbekistondagi har bir bola kitoblar, bilim va o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olsin. “Yuksalish” harakati va mahalla vakillariga bizning qarashlarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiramiz. Birgalikda biz yanada yaxshiroq kelajakni bunyod etamiz!” — dedi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi rahbari  Yo‘ldosh Shoymonov.  

Buning natijasida:

Maktablarning  va mahallalarda ochilgan kutubxonalarning moddiy bazasini yaxshilash, xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish;

O‘quvchilarning intellektual salohiyati va o‘zlashtirish darajasini oshirish;

O‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish;

Maktablar uchun barqaror va uzoq muddatli rivojlanish modelini yaratish;

Ma’rifatli va faol yosh avlodni shakllantirishga hissa qo‘shish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning keyingi bosqichida “Ziyoli kelajak” onlayn-platformasi va mobil ilovasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Bu orqali maktablarning holati monitoring qilinadi, o‘quvchilar va ota-onalar fikrlari yig‘iladi hamda ehtiyojlarga tezkor javob beriladi.

            “Ziyoli kelajak” — bu mamlakatimiz kelajagiga, yosh avlod ta’limi va ma’naviy rivojiga kiritilayotgan sarmoyadir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun