“A1” — maktabda o‘qimasa ham beriladi

Date:

 Hukumat qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda moped va skuter kabi yengil transport vositalarini boshqarish uchun “A1” kichik toifadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi.

Yangi tartibning eng muhim jihati — bu guvohnomani olish uchun avtomaktabda o‘qish shart emas. Fuqarolar mustaqil tayyorgarlik ko‘rib, 20 ta test savolidan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob berib, shuningdek amaliy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tishlari lozim bo‘ladi.

Shuningdek, allaqachon “A”, “B”, “C” yoki “D” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega shaxslar moped va skuterlarni qo‘shimcha ruxsatsiz boshqarish huquqiga ega bo‘ladilar.

Bu yangilik, avvalo, aholining qulayligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Yengil transport vositalaridan foydalanish imkoniyati kengayib, ayniqsa yoshlar va qisqa masofalarda harakatlanadigan fuqarolar uchun arzon, ekologik va qulay transport vositalaridan foydalanish osonlashadi. “A1” toifasi – xavfsiz harakat va madaniyatli haydovchilik sari yana bir qadam!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun

Toshkent shahrida 7 davlat sportchilari ishtirokida o‘tgan Osiyo xalqaro...

Sudga yangi rais tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3-martdagi farmoniga muvofiq, Tolib Bayzakov Surxondaryo...

“2+6” dasturi: sertifikatlar topshirildi

Surxondaryo viloyatida yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga keng jalb etish...

Yangi xorijiy korxona ish boshlaydi

Bandixon tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga qaratilgan...
KunTun
KunTun